Joriy yilning 4-31- avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirda registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish hamda 7 shartli belgilar asosida xaritalarga o‘zgartirishlar kiritish kabi ishlar amalga oshirildi. Uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari nihoyasiga yetganligi munosabati bilan registratotlar Rishton tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Sovg‘alarni Rishton tumani hokimligi vakili A.Holiqov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Sobirov, Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘. Teshaboyev hamda tuman “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i S.Haydarovlar o‘z egalariga topshirdilar.
Axborot xizmati.