26/09/2022

Joriy yilning 23-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Aminjonov hamda Beshariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i F. Davlatovlar tomonidan Beshariq tumani “Ma’rifat” mahallasida joylashgan xonadonlarga kirib, 2-dx shakli “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha oila a’zolarining tadbirkorlik bo‘lmagan faoliyati, chorva mollari, parrandalar va (asalari oilalari–donada) bosh soni, xo‘jalikdagi barcha chorva mollari va parrandalarni yetishtirish mahsuloti, issiqxonalar, ularda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yil davomida olingan hosil miqdori  shu va boshqa  ma’lumotlar kuzatuvga olindi.

 

 

photo2022-09-2317-54-56
photo2022-09-2609-30-37
photo2022-09-2609-30-24

Axborot  xizmati.