27/09/2022

Joriy yilninh 26- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-214-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 10-sentabr kunidagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgust kunidagi “O’zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-214-son farmoniga to‘xtalib, mazkur Farmon oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni tizimlashtirish maqsadida va bir qator ushbu sohadagi amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilinganligi, farmonning 1-ilovasiga muvofiq Prezidentimizning jami 18 ta amaldagi ayrim xujjatlariga tegishlicha o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek, Farmonning 2-ilovasiga muvofiq Prezidentimizning jami 21 ta amaldagi ayrim xujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi belgilab qo‘yilganligini haqida qisqacha tushuntirishlar berib o‘tdi. 2-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 10-sentabr kunidagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-sonli qarorida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hudud-bir mahsulot”  tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirishni ko‘zlab qabul qilinganligini,  fermer xo‘jaliklari va klsterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan va aholiga uzoq bo‘lmagan hudadlardan 2022-yilda 80 ming gektar ekin maydonlari,  2023-2025 yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilanganligi haqida batafsil tushuntirib berdi. 3-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgust kunidagi “O’zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarorida Prezidentimizning “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2022 yil 18 fevraldagi PQ-135-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilinganligi, mazkur qaror 5 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi to‘g‘risidagi nizom                       1-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, shuningdek, 4-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotganligi ta’kidlab o‘tildi.

 

photo2022-09-2709-07-50
photo2022-09-2716-26-54
photo2022-09-2709-07-59

Axborot xizmati.