29/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-avgust holatiga, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 70,6 %i yoki 3 681,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Shundan :
Yirik qurilish tashkilotlari - 498,5 mlrd. so‘mlik
Kichik korxona va mikrofirmalar - 2 257,8 mlrd. so‘mlik
Norasmiy sektor - 924,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.