29/09/2022

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 30-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 479-son qarori xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 25-avgust kunidagi “Byuuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PF-361-son farmonining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 30-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 479-son qarori davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda  jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilganligi, Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanishi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutganligi, shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning hohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yohud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi haqida tushuncha berildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 25-avgust kunidagi “Byuuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PF-361-son farmonida madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda keng jamoatchilikning 2022-2023- yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi, YUNESKO Bosh konferensiyasi qarori bilan Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga kiritilgani ma’lumot uchun qabul qilinganligi,Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanganligi haqida axborot berildi.

 

photo2022-09-2916-00-26
photo2022-09-2916-00-38
photo2022-09-2916-00-32

Axborot xizmati.