Joriy yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 542-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgust kunidagi “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-788)ning 11-,12-,13-,17-moddalari mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 542-son qarori yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu sohada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, barcha yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni yagona ma’lumot bazasiga birlashtirish orqali statistik ma’lumotlarning tizimlashtirilishiga erishish hamda tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashi, davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarini, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlarni, O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar birlashmalarini, advokatlik tuzilmalarini hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgust kunidagi “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-788)ning 11-,12-,13-,17-moddalari bo‘yicha alohida targ‘ibotini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbarining 2022-yil 28-sentabr kunidagi NE 65364407-sonli chiqish xati ijrosi yuzasidan tashkillanganligi hamda ushbu qonun bilan davlat fuqarolik xizmatchisiga 18 ta huquqlari, 10 ta majburiyatlari va 10 xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilanganligihaqida batafsil ma’lumot berildi.
Axborot xizmati.