03/11/2022

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona Davlat Universiteti o‘qituvchi va talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B. G‘ayibnazarov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i A. Mamajonov, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Jo‘rayev, Narx statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Z.Yuldashevlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy - statistik tahlili” mavzusida masofaviy tarzda o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B. G‘ayibnazarov mazkur mavzuni yoritishda O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsulot hajmi, o‘sish sur’atlari, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish va tarkibi, yalpi ichki mahsulotning o‘sishida tarmoqlarning hissasi, yalpi ichki mahsulotning deflyator indeksi, yalpi ichki mahsulotining hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha besh yillik o‘sish dinamikasi misolida slaydlar yordamida ma’ruza qildi. Seminar so‘nggida o‘qituvchi va talabalar tomonidan qiziqtirgan savollarga to‘liq javob qaytarildi.

 

photo2022-11-0315-07-16
photo2022-11-0315-07-16-2

Axborot xizmati.