03/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 171,7 mln. AQSh dollari qiymatiga teng 227,1 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ga ko‘paydi.

Shundan:
Karam – 13,4 ming tonna
Qashqar gilos – 12,5 ming tonna
Pomidor – 16,9 ming tonna
Shaftoli – 39,7 ming tonna
Olxo‘ri - 15,5 ming tonna
Uzum – 46,8 ming tonna.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya Federatsiyasi – 160,4 ming tonna
Qozog‘iston – 26,8 ming tonna
Qirg‘iziston – 30,3 ming tonna
Belarus – 2,1 ming tonna
Pokiston – 2,0 ming tonna
Afg‘oniston – 1,0 ming tonna
Boshqa davlatlar – 4,5 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.