Joriy yi lning 2-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-194-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-197-son farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 11-oktabr kunidagi 01/1-23-12/3-71-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018-yil 13-aprel kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorining tegishli qismining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-194-son Farmonida ayrim hujjatlariga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-197-son farmonida so‘nggi yillarda davlatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash, respublikamizning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish va shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish, sohadagi islohotlarni izchil davom ettirish haqida ma’ruza qildi. Shundan song kun tartibidagi 3-masala O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 11-oktabr kunidagi 01/1-23-12/3-71-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018-yil 13-aprel kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish shu va boshqa ma’lumotlarni batafsil tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.