03/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha 314,8 mln. AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 49,2 %ni tashkil etdi va  o‘tgan yilga nisbatan 2,3 %ga o‘sdi.
Shundan:
Paxtadan yigirilgan ip – 240,0
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari – 28,6
Gilamlar – 2,0
Naqshli mato – 11,1
Boshqa to‘qimachilik mahsuloti – 6,2
Paxtadan gazlamalar – 17,2
Ipak va ipak mahsulotlari – 4,9
Paxta mahsulotlari – 3,8
Boshqalar – 1,1 mln.AQSH dollarini
To‘qimachilik mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya Federatsiyasi – 90,6
Turkiya – 71,1
Xitoy Xalq Respublikasi – 47,1
Polsha – 22,0
Eron – 18,8
Misr – 11,8
Qirg‘iziston –10,3
Boshqa davlatlar – 20,5 mln.AQSH dollariga to‘g‘ri keldi.