03/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida oziq-ovqat tovarlari hajmi 125,0 million AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,1 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 13,5 %ga yetdi.

Shundan:
Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 84,7 mln.
Meva va sabzavotlar – 8,9 mln.
Tirik hayvonlar –10,5 mln.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 2,5 mln.
Hayvonlar uchun ozuqa - 3,9 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Qozog‘iston – 85,8 mln.
Qirg‘iziston – 11,2 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 7,7 mln.
Xitoy Xalq Respublikasi – 7,8 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri keldi.