27/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida navbatdan tashqari masofaviy tarzda o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotida viloyatning barcha shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan 2021-yil 29-dekabr kundagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha” 127-sonli buyrug‘ining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ma’ruza qildi.

Seminarda xodimlarda korrupsiyaga toqatsiz munosabatni shakllantirish, aniqlangan ushbu sohadagi har bir holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilishi va aybdor xodimlarga qattiq intizomiy choralar ko‘rilishini, odob-ahloq va ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya etishlari, har bir rahbar o‘z vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, mavjud bo‘lsa uning oqibatlarini minimallashtirish chorasini ko‘rishi lozimligi xususida fikr va mulohazalar bildirildi.

 

photo2022-10-2717-50-37
photo2022-10-2717-50-26

Axborot xizmati.