09/11/2022

Joriy yilning 8-noyabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-796 qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, keyingi yillarda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi, qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning shakli hamda ularni rasmiylashtirish tartibi aholiga ularni sodda tilda tushuntirish imkoniyatini bermayotganligi, shu bilan birga, qonun loyihasi umumxalq ovoziga qo‘yilganda ovoz berish byulletenini to‘ldirishning amaldagi tartibi fuqarolarning o‘z xohish-irodasini to‘laqonli ifoda etishi uchun muayyan murakkabliklar tug‘dirayotganligi, shu munosabat bilan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihalarda muqaddimaning mavjud bo‘lishi belgilanishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qonun loyihalarining nomi va muqaddimasini muhokama qilish hamda ularga ovoz berish tartibi ochib berilganligi, shuningdek,  umumxalq ovozi jarayonida fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida byulletenga muayyan belgilardan birini qo‘yish yo‘li bilan ovoz berish tartibi joriy etilishi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

 

photo2022-11-0912-53-37

Axborot xizmati.