So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 24- avgust kuni Dang‘ra tumani “Ro‘xatga olish” bo‘limi boshlig‘i Z.Akbaraliyev hamda uning o֥‘rinbosari A.Nabiyevlar  Dang‘ara tumaniga qarashli bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar bilan birgalikda mahalaning sxematik xaritasiga raqamlanmagan uylar, o‘zgartirilgan ko‘cha nomlari, xaritada mavjud bo‘lmagan yangi qurilgan noturar obyeklarni kiritish ishlari amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati yil boshidan 153 turdagi to?qimachilik mahsulotlari dunyoning 47 tа davlatiga eksport qilindi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati import tarkibida mashinalar va transport- asbob uskunalari hajmi 242,8 million AQSH dollarini tashkil etib, o?tgan yilning shu davriga nisbatan 37,6 % ga ko?paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 33,5 % ga yetdi.

Joriy yilning 24-avgust kuni Quva tumaniga qarashli “O‘raboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida registrator xonadonlarni o‘rganish va xaritaga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini amalga oshirmoqda.

Toshloq tumani mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar joriy yilning 4-avgust kunidan boshlab uy-joylarni ro‘xatga olish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyatining eksportyorlari soni 628 tani tashkil etib, ular tomonidan 511,7 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan 20,6 % ga ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning 25-avgust kuni So‘x tumanidagi bir qator mahallalarga biriktirilgan registratorlar tomonidan  xaritadagi ma’lumotlarni solishtirish ishlarida xaritaga kirmagan bino va xonadon, xaritadagi raqam bilan xonadondagi raqam mos kelmagan xonadon, buzilgan bino va xonadon, qurilish ishlari olib borilayotgan bino va xonadonlarni  xaritaga  kiritish  ishlari amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati import hajmi 725,1 mln. AQSH dollarini va 2021- yilga nisbatan 123,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24- avgust kuni O’zbekiston tumaniga qarashli “Beruniy”, “Dehqonobod”, “Obod”  mahalla fuqarolar yig‘inlariga  biriktirilgan registratorlar tomonidan mahalla xaritasiga yangi noturar binolarni kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 267,2 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 52,2 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 12,0 % ga o‘sdi.

Barchamizga ma’lum joriy yilning 4-31 avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari  o‘tkazilmoqda. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo?lgan 118,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi 164,7 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi..

Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi G.Gafurova va Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayevlar ishtirokida Yozyovon tumani  5-narx (do‘kon) xaftalik kuzatuvlarining uyushgan savdo majmualari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘lim mutaxassisi G‘. Mamajonov hamda “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” markazi  mutaxassisi Z. Teshaboyevlar ishtirokida Qo‘shtepa tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan va uy-joylarni ro‘yxatga olish

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati jahonning 79 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning 24-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limining bosh mutaxassisi G.Gafurova hamda  Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozovlar ishtirokida Quvasoy shahridagi  dehqon bozorining 5-narx (bozor)  xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi  va narxlarni planshetlarga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar nomi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadidir.