22/09/2023

Joriy yilning 22- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, boshqarmaning “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Musayevlar tomonidan Oltiariq tumani dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.