06/12/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga So‘x tumani korxonalari tomonidan 77,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,1 % ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari – 937,5 ming so‘m
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish – 50,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari – 611,4 ming so‘m
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 33,3 mlrd. so‘m
Nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarish – 17,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.