07/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida mehnat qilayotgan yosh va salohiyatli mutaxassislarni viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalariga ekskursiya tashkil etildi.

Jumladan, joriy yilning 6-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun Farg‘ona viloyatidagi "Uzsungwoo" M.Ch.J qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.

Axborot xizmati.