Joriy yilning 23-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 13-avgustdagi “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-942-son Qonunining mazmun – mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida keyingi yillarda mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari ishining samaradorligini oshirishga, ular a’zolarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shu bilan birga amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan bank hisobvaraqlarini ochish bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, buning uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami olinishi taqozo etilishi, ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilayotganligi, bundan tashqari «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qo‘yilishi mumkinligini va ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilayotganligi haqida ma’ruza qildi.
Shu bilan birga kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-293-son qaroriga to‘xtalib, bugungi kunda respublikada axborotni kriptografik himoyalashni ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, o’tgan davr mobaynida respublikaning qator oliy ta’lim muassasalarida axborot tizimlari va texnologiyalari, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik injiniringi hamda kriptografiya va kriptotahlil yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilayotganligi, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdidlarning oshib borishi, kvant texnologiyasiga asoslangan tezkor kompyuterlarning yaratilishi va kelgusida ulardan noqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi, axborotni himoyalashda qo‘llanadigan kriptografik algoritmlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo etilayotganligi, ushbu sohada ilg‘or xorijiy davlatlar erishgan yutuqlar milliy kriptologiya maktabini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatayotganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.