11/09/2024

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida  ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi  alohida o‘rin tutadi. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan,  joriy yilning 10-sentabr kuni  mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Dang‘ara tumani  “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.