2024- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 62,7 % to‘g‘ri kelib, 2023- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 4,0 punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 116,3 % ni tashkil etgan holda 3784,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.