Joriy yilning 10- sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumaniga qarashli “Soy bo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi R. Niyozovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.