11/09/2024

Mamlakatimizda shu kunlarda  "Xonatlas" festivali bo'lib o'tmoqda.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad  - milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga teng  oʻtmishi, urf-odati va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish va targ'ib qilishdan iborat. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi dilbar ayollari ham milliylik targ’iboti -  "Xonatlas" festivalida faol ishtirok etmoqda.