11/09/2024

Joriy yilning 11-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Rishton tumaniga qarashli “ Xurramobod ” MFYda istiqomat qiluvchi  N.Mamajonovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada ko‘rsatilgan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respondentga tushuncha berildi.