13/09/2024

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 607 taga yetdi va ular tomonidan 468,8 mln AQSH dollari  tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 13,9 % ga ko‘paydi.