16/09/2024

Joriy yilning 16-sentabr kuni Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirokida Farg‘ona viloyatida xizmatlar hajmini shakllantirish va 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan videoaloqa tarzida vebinar yigilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘I  O‘. Sobirov qatnashib, viloyatda transport va xizmatlar sohasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish, yirik korxonalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar hajmi, 12-korxona shakli (oylik) hisoboti, kichik korxona va mikrofirmalar xizmatlari hajmi, 4 kb (qurilish, savdo, xizmat) (choraklik) so‘rovnomada va norasmiy sektordagi xizmatlar hajmi, 4-xizmat (jsh), 4-tr (yat) tanlama kuzatuvlari orqali hajmlarni shakllantirish va ularni o‘z muddatida topshirish tartib-qoidalari, hisobotlarni topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish tartibi haqida atroflicha tushuncha berildi. Bundan tashqari xizmatlar sohasi statistika hisibotlarini sifatli va o‘z vaqtida topshirish va qamrovini ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.