17/09/2024

2024-yil yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha 168,3 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 35,9 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,7 % ga ko‘paydi. Yil boshidan 135 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 43 ta davlatiga eksport qilindi.


Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida
Paxta ip -110,3 mln AQSh dollari
Trikotaj mato -7,3 mln AQSh dollari
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari -31,9 mln AQSh dollari asosiy ulushni egallagan.