17/09/2024

Joriy yilning 16- sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumanidagi “Qorovultepa” MFYda istiqomat qiluvchi R.Hamdamovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.  Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga mazkur tadbir ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.