Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 16-sentabr kuni mazkur bo‘limning boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Buvayda tumaniga qarashli “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.