Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 2-dekabrdagi 53-son qarorining 16-ilova 4-sanoat (JSh) choraklik kuzatuv shakli “ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar” so‘rovnomasiga asosan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Sanoat statistikasi” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov hamda Bag‘dod tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi J.Muhammadjonovlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor A.Yuldashevning bir kunlik ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot turlari bo‘yicha tanlanma kuzatuvi olib borildi. Eslatib o‘tamiz, yakka tartibdagi tadbirkor A.Yuldashev metalldan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqaradi.
Axborot xizmati.