Joriy yilning 17-sentabr kuni 4-sanoat (JSh) choraklik kuzatuv shakli - ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar so‘rovnomasiga asosan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Sanoat statistikasi bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov hamda Bag‘dod tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi J.Muhammadjonovlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar H.Mo‘minova va S.Abdovahobovalarning bir kunlik ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot turlari bo‘yicha tanlanma kuzatuvi olib borildi. Eslatib o‘tamiz, yakka tartibdagi tadbirkorlar H.Mo‘minova va S.Abdovahobovalar salatlar va tuzlamalar tayyorlash hamda esdalik buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar.
Axborot xizmati.