19/09/2024

Joriy yilning 19-sentabr kuni Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining pedagog va talabalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashib, tinglovchilarga aholini ro‘yxatga olish bu – mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axbarot olish, to‘plangan ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishiga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi. Bundan tashqari viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarini ilinishi mazkur tadbirni sifatli o‘tishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi haqida ham so‘z yuritildi.

 

Axborot xizmati.