20/09/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Chunonchi, xuddi ana shunday tadbir joriy yilning 19- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan Quvasoy shahriga qarashli “Yuqori mo‘yan” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirildi.