20/09/2024

Joriy yilning 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumanidagi “ O‘rta Qo‘ng‘irot ” MFYda istiqomat qiluvchi  M.O‘rinov xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga mazkur kuzatuvning maqsadi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Xususan, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda  uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni katta ekanligi tushuntirildi. Mutaxassislarimiz tomonidan berilgan savollarga respondentdan javoblar olinib, joyida planshet qurilmasiga kiritildi.