O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari doimiy ravishda sport majmualarida turli sport tadbirlarini o‘tkazib kelmoqdalar. Jumladan joriy yilning 20- sentabr kuni Farg‘ona viloyatida Farg‘ona, Andijon va Namangan statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra Andijon viloyati jamoasi g‘oliblikni ko‘lga kiritib, keying bosqicha yo‘llanma oldi.