Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi M.Toshmatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumanidagi “Beruniy” MFYda istiqomat qiluvchi I.Sarimsaqovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan barcha ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.