23/09/2024

Joriy yilning 20-sentabr kuni  Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumaniga qarashli “Navro‘z” MFYda istiqomat qiluvchi T.Shodiyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.