23/09/2024

Joriy yilning 21-sentabr kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov tomonidan Farg‘ona shahar dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.

 


Axborot xizmati.