Joriy yilning 2-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumaniga qarashli “O‘rtaqishloq” MFYda istiqomat qiluvchi N.Madaminovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada ko‘rsatilgan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi.