Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi alohida o‘rin tutadi. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilning 2-oktabr kuni mazkur bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan Furqat tumani “Qushchi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.