Joriy yilning 3-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Farg‘ona tumaniga qarashli 16- umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda «Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olishdan iboratligi haqida so‘z yuritdi.