2024- yil 1-sentabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7 705 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 147 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 558 tani tashkil qildi. Shu jumladan, savdo sohasida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib borayotgan YATT va uyushmagan savdo (jismoniy shaxslar)ning kuzatuvlari asosida yig‘ilgan ma’lumotlar, chakana savdo ko‘rsatgichlariga kiritilgan.
Viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 18 005,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 108,3 % ga yetdi.
Shundan:
Yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 1 836,9 mlrd so‘mni
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 16 168,7 mlrd so‘mni
shundan:
uyushmagan savdo tovar aylanmasi - 551,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
04/10/2024