04/10/2024

Xizmatlar sohasidagi statistika hisobini yanada takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini hisobga olgan holda xizmatlar sohasi (jumladan, savdo xizmatlari) bozorining holati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 31-maydagi 126-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining statistik hisobi bo‘yicha uslubiy nizom”i asosida amalga oshiriladi. Uslubiy nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, “Statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish jarayonlarining namunaviy modeli” (Generic Statistical Business Process Model-GSBPM) talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan.

Mazkur uslubiy nizomning 46-bandiga muvofiq muayyan (jumladan, savdo xizmatlari) faoliyat turi bo‘yicha hisoblash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

bu yerda Ifi – tegishli xizmat turining fizik hajm indeksi;

Voni – hisobot davridagi tegishli xizmat turining umumiy hajmi;

Vbni – bazis davridagi tegishli xizmat turining umumiy hajmi;

Ii – tegishli xizmat turi uchun deflyator (deflyator – amaldagi narxlarda hisoblangan iqtisodiy parametrlarni doimiy (bazis) narxlarga aylantirish koeffitsiyenti. Bunda narx omilining faqat xizmatlar narxiga ta’siri ko‘rib chiqiladi). 

Shu formuladan foydalangan holda Farg‘ona viloyatining 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatlari fizik hajm indeksi hisoblangan:  

bu yerda 111,1 % – 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatining fizik hajm indeksi;

5 945,4 mlrd so‘m – 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatlari umumiy hajmi;

5 041,0 mlrd so‘m – 2023-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatlari umumiy hajmi;

106,2 % – savdo xizmati uchun deflyator (deflyator – amaldagi narxlarda hisoblangan iqtisodiy parametrlarni doimiy (bazis) narxlarga aylantirish koeffitsiyenti. Bunda narx omilining faqat xizmatlar narxiga ta’siri ko‘rib chiqiladi).

“Inflyatsiya hisobga olinganmi?” sarlavhali maqolada qayd etilganidek, ya’ni “Inflyatsiya”ni inobatga olmay hisoblanganida Farg‘ona viloyatining              2024-yil yanvar-avgust oylari uchun joriy narxlarda savdo xizmatlari qiymati hajmi indeksi quyidagicha ko‘rinish olardi:

bu yerda 117,9 % – 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun joriy narxlarda savdo xizmatlari qiymati hajmi indeksi;

5 945,4 mlrd so‘m – 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatlari umumiy hajmi;

5 041,0 mlrd so‘m – 2023-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatlari umumiy hajmi;

Xulosa qilib aytganda, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun savdo xizmatining fizik hajm indeksi uslubiy qo‘llanma asosida, to‘g‘ri hisoblanganligini hamda “UzA” (O‘zbekiston Milliy axborot agentligi) saytida e’lon qilingan “Inflyatsiya hisobga olinganmi?” sarlavhali maqolada bildirilgan e’tirozlari asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.