2024- yilning yanvar-avgust oyida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 62,6 % to‘g‘ri keldi. 2023- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 3,3 punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmining o‘sish surati 2023- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 115,4 % ni tashkil etgan holda 4 289,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Farg‘ona shahrida -1 384,7 mlrd so‘m, Marg‘ilon shahri - 350,7 mlrd so‘m hamda Qo‘qon shahri - 342,4 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.