07/10/2024

Joriy yilning 4- oktabr Toshloq tumani “Bilimlar uyi” binosida tuman faol yoshlari ishtirokida Farg‘ona viloyat statistika hamda viloyat adliya boshqarmalari hamkorligida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘zga chiqib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - . “Giyoxvandlik asr vabosi” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida, giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biri ekanligi, giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim ko‘payotganligi,  hayot uchun muhim funksional tizimlarning izdan chiqishi, xastalikning psixik va fiziologik alomatlari rivojida ko‘rinib qilishi, narkotik modda iste’mol qilayotgan shaxs asta-sekin psixik jarayonlar faolligini oshiruvchi vositalarsiz xissiy idrok etish layoqatini yo‘qotishi, achinarlisi, hayot lazzatini giyohvand moddalarsiz tasavvur eta olmay qolishi. giyohvandlikka chalingan shaxslarni jinoyat ko‘chasiga boshlayotgani, tibbiyot qo‘llanmalarida keltirilishicha, qoradori inson organizmiga kirgach, ichaklarga surilib, qorindagi qon aylanish yo‘li bilan jigarga yetib borishi, natijada jigar xujayralari ta’sirlanib, tsirroz kasalligini keltirib chiqarishi, qoradori qayta-qayta iste’mol qilinishi oqibatida jigar tsirrozi kuchayib borishi, Jigar kichrayib, qotib qolgach, faoliyati susayishi, uning xujayralari atrofida yog‘lar cho‘kib qolishi, giyohvand moddalarning oqsillari xalaqit bergani uchun yig‘ilib qolgan za­rarli moddalar qon aylanishi bilan markaziy asab tizimiga qadar yetib borishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida rtng va atroflicha tushuncha berdi. 

Bundan tashqari kun tartibdagi ikkinchi masalaga to‘xtalib, korrupsiyaga qarshi kurash respublikamizda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanishi, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etishda keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, unga tanqidiy yondoshgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish lozimligi, korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratiyani yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘dirishi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul kilinganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari kuchaytirish haqida ham atriflicha tushuncha berildi.. Tadbir so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.