08/10/2024

Joriy yilning 4-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quvasoy shahriga qarashli “Zebuniso” MFYda istiqomat qiluvchi X.Kamilovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.