08/10/2024

Joriy yilning 4-oktabr kuni Furqat tumaniga qarashli 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari  ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminrda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Fazilova qatnashib, ishtirokchilarni qarorning mazmuni bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, u aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.