Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi D.Ortiqov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahridagi “Noyib Ko‘prigi” MFYda istiqomat qiluvchi S.Giyasovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.