2024-yilning yanvar-avgust oylarida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 575,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bunda:
Har-xil yoshdagi qoramollar savdosi - 448,8 mlrd so‘m
Qo‘y va echkilar - 116,8 mlrd so‘mni
Otlar - 6,0 mlrd so‘mni
Parrandalar - 3,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.