08/10/2024

2024- yil 1- sentabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1966 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 2 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1964 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 456,7 mlrd so‘mga yetdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 99,3 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.