Joriy yilning 5-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Bag‘dod tumaniga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminrda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Fazilova qatnashib, ishtirokchilarni qarorning mazmuni bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarni qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida kehg ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni to‘plashga imkon berishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati